Daryo

Ruslanbek Davletov adliya vaziri lavozimiga tayinlandi

1 daqiqa o‘qish27 664 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi PF-5153-son farmoniga muvofiq Ruslanbek Quroltayevich Davletov O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Ruslanbek Davletov bunga qadar O‘zbekiston Prezidentining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar