Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Toni Bler mamlakat Yevroittifoq tarkibidan chiqishi bilan bog‘liq xavotir sababli faol siyosiy hayotga qaytadi. Bu haqda Mirror nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

“Brexit siyosatda faolroq ishtirok etishimga bevosita turtki berdi. Tarixiy paytlarda sukut saqlab o‘tirishni istamayman, bu mamlakat taqdiriga beparvo ekanligimni anglatgan bo‘lar edi. Aslida esa unday emas”, — deya ta’kidlagan Bler. 

Buyuk Britaniya hukumatini 10 yil — 1997-yildan 2007-yilgacha boshqargan Blerga ko‘ra, Brexit, shuningdek, Yevroittifoq va Buyuk Britaniya o‘rtasida erkin savdo haqidagi kelishuvning tuzilishi qirollikka zarar yetkazishi mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Guruhlarda hazil yoki kinoya qilib aytgan gaplarimni ham chiqarib yuboradigan jurnalistlar bor” — Shohrux G‘iyosov
Mahalliy
“Ko‘pchilik meni yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda ayblaydi” — Shohrux G‘iyosov jurnalist va blogerlarning o‘ziga munosabati haqida gapirdi
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi