Daryo

Qo‘ng‘irotda Oliy Majlis deputati bilan uchrashuvda gaz ballon muammosi hal qilindi

Deputat tumandagi tibbiyot kolleji, qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji va san’at kollejida yoshlar bilan uchrashdi

1 daqiqa o‘qish10 004 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zafar Xoniyozov Qo‘ng‘irot tumanida xalq bilan muloqot qilmoqda, deb xabar beradi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati.

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati

Xususan, deputat tumandagi tibbiyot kolleji, qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji va san’at kollejida yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvlarda kollej o‘quvchilari kitobxona burchagi tashkil etish, “Eng zo‘r kitobxon” tanlovini o‘tkazish, sportga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish takliflarini bildirib o‘tdi.

Zafar Xoniyozov “Ajiniyaz” OFY aholisi bilan ham uchrashdi. Ushbu hududda istiqomat qiluvchi Qudaynazarova Almagul qishloqda dorixona ochish taklifini bildirib o‘tdi. Shuningdek, hammom va tikuv sexi ochish lozimligi ham ta’kidlab o‘tildi.

Hududdagi gaz ballon muammosi uchrashuvning o‘zidayoq hal qilindi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar