Uzbek Tigers jamoasi bokschisi Isroil Madrimov Butunjahon boks seriyasi (WSB) tomonidan Twitter’da o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra o‘tgan haftaning eng yaxshi bokschisi deb topildi.

Mavzuga doir: Isroil Madrimov WSB’da haftaning eng yaxshi bokschisi bo’lish uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritildi
Astana Arlans’ga qarshi janglardan birida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Isroil Madrimov (-75 kg) qozog‘istonlik raqibi Saparbay Aydarovni katta ustunlik bilan mag‘lubiyatga uchratgandi.Ovoz berish jarayonida ishtirok etgan 229 respondentning 76 foizi Isroil Madrimovni qo‘llab-quvvatladi. Kolumbiyalik Dos Santos 18 foiz, kubalik Osli Iglesias 6 foiz ovoz bilan mos ravishda 2–3-o‘rinlarni egalladi.

Bundan avval Uzbek Tigers jamoasi a’zosi Shahram G‘iyosov WSB’da haftaning eng yaxshi bokschisi deb topilgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!








