Daryo

O‘zbekiston Prezidenti qaroriga mas’uliyat bilan yondashmagan Davlat raqobat qo‘mitasi xodimlari jazolandi

Davlat raqobat qo‘mitasi Hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishida hozirgacha yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar aniqlanib, tanqidiy ko‘rib chiqildi

1 daqiqa o‘qish50 476 ko‘rishlar0 izoh0

Davlat raqobat qo‘mitasi hay’atining joriy yilning 30-mart kuni o‘tkazilgan navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi video-selektor tarzida o‘tkazildi, deb xabar beradi qo‘mita axborot xizmati.

Davlat raqobat qo‘mitasi binosi. Foto: UzReport

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-fevralda “Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori talablarining bajarilishi yuzasidan olib borilayotgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi.

Xususan, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar aniqlanib, tanqidiy ko‘rib chiqildi. Ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, avval xususiylashtirilgan obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kadastr, soliq, statistika va Markaziy bank boshqarmalari bilan o‘zaro o‘z vaqtida hamda to‘liq almashinuvini yo‘lga qo‘yish, bo‘sh turgan va investitsiya loyihalari hali ishlab chiqilmagan obyektlar negizida samarali loyihalarni ishlab chiqish yuzasidan tadbirkorlar va tijorat banklari bilan yanada yaqinroq hamkorlik qilish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Hay’at yig‘ilishi davomida oldinda turgan vazifalar aniqlab olindi va Qaror talablarining ijrosini ta’minlashda yetarli darajada mas’uliyat bilan yondashmagan hududiy boshqarmalar rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘rildi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar