Daryo

Sergeli tumanidagi metroning yer usti bo‘ylab qurilishi sababi ma’lum qilindi

Bekatlar bunyod etilishida eng qimmatbaho qurilish materiallaridan, ya’ni granit, marmar, oyna va keramikadan foydalaniladi

1 daqiqa o‘qish101 258 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Sergeli tuman hokimligi

“Chilonzor” yo‘nalishining “Olmazor” bekatidan boshlanadigan “Sergeli” yo‘nalishida qad rostlovchi Toshkent metrosining oltita bekati qurilishida qimmatbaho qurilish materiallaridan foydalaniladi, deb xabar beradi O‘zA.

Foto: Sergeli tuman hokimligi

“Boshtransloyiha” aksiyadorlik jamiyati ma’lum qilishicha, muhandislik-geologik sabablarga ko‘ra, Sergeli tumanida yer osti metro yo‘lini qurish o‘ta murakkab jarayondir. Shu bois mazkur yo‘nalishdagi harakat “yengil metro” ko‘rinishida bo‘ladi. Ya’ni, “po‘lat iz”lar yer ostida emas, balki yer usti bo‘ylab, estakadalar (ko‘priklar) orqali yotqiziladi.

2017—2020-yillarga mo‘ljallangan mazkur yo‘nalishning qurilishi 170,1 million dollarga baholangan. Uzunligi 7,1 kilometrni tashkil etuvchi inshoot to‘liq ishga tushirilgach, yiliga 14 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi mo‘ljallanmoqda. O‘ziga xos muhandislik yechimlari asosida bunyod etilayotgan transport yo‘li Toshkent shahrining “Choshtepa” mahallasidan o‘tib, Sergeli tumanining Yo‘ldosh mavzesidagi Mag‘rib ko‘chasigacha boradi. To‘rt yilga mo‘ljallangan loyiha doirasida bekatlarda eskalatorlar, kutish maydonchalari barpo etiladi.

“Yo‘nalishning Choshtepa qismi balandligi 15 metr, Sergeli hududida esa 8 metr bo‘ladi. Bekatlar konstruksiya, dizayn hamda bezagi bilan bir-biridan tubdan farqlanadi va takrorlanmaydi, — dedi loyiha muhandisi Sunnat Jumaboyev. — Eng qimmatbaho qurilish materiallaridan, ya’ni granit, marmar, oyna, keramikadan foydalanish uning hashamatli va ko‘rkam bo‘lishiga hissa qo‘shadi. Loyiha bo‘yicha metroning o‘ng tomonidan aholi yashashi uchun ko‘rkam va zamonaviy turar-joylar, uning ikki yonida keng va ravon avtomobil yo‘li quriladi. Shuningdek, ko‘plab ijtimoiy tarmoqlar va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari barpo etiladi”. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar