Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida Oliy Majlis Senati huzuridagi Ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha komissiyaning viloyat hududiy komissiyasi tomonidan shaharda olib borgan o‘rganishlari natijasi muhokama etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshevning ma’lum qilishicha, Samarqand viloyati hududiy komissiyasi tomonidan 10 kun davomida Samarqand shahar ichki ishlar boshqarmasining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida aniqlanishicha, Samarqand shahrida ayrim jinoyatlar kamaygan bo‘lsa-da, qotillik, qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish, talonchilik, firibgarlik, o‘g‘irlik va avtotransport vositasini olib qochish holatlari oshgan. 122 mahallada jinoyatlar qayd etilgan. Muqaddam sudlanganlar tomonidan takroran jinoyat sodir etilishi ham ko‘paygan.

Sessiyada ichki ishlar idoralari, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligini mustahkamlash, voyaga yetmaganlarning noqonuniy ravishda chet elga chiqib ketishining oldini olish, yoshlar, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va turli huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

O‘rganish davomida qayd etilgan kamchiliklar yuzasidan mutasaddi idoralar rahbarlari va mas’ul xodimlarning axborotlari eshitildi. Shaharda jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining oldini olish, bu borada aholining huquqiy madaniyatini oshirish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi