Daryo

Botir Jabborov Narpay tumani hokimi etib tayinlandi

U shu paytgacha “O‘zstandart” agentligi Samarqand standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi

1 daqiqa o‘qish46 448 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati

Xalq deputatlari Narpay tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi. Tuman hokimi Bahodir Yusupov o‘z arizasiga muvofiq lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati

Viloyat hokimi Himmat Oqbo‘tayev tavsiyasiga ko‘ra, Botir Jabborov Narpay tumani hokimi etib tayinlandi.

U shu paytgacha “O‘zstandart” agentligi Samarqand standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar