Daryo

Sharap Usnatdinov “Nuroniy” jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi rahbari etib saylandi

“Nuroniy” jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi

1 daqiqa o‘qish16 806 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Qoraqalpog‘iston yangiliklari”

O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Qoraqalpog‘iston yangiliklari” nashri.

Foto: “Qoraqalpog‘iston yangiliklari”

Tadbir qatnashuvchilari O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi lavozimiga oldin O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Kengashining raisi lavozimida ishlab kelayotgan Sharap Usnatdinovning nomzodi taklif etishdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zosi G.Annaqlicheva, O‘zbekiston Ilmiy Akademiyasining akademigi J.Bazarbayev, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasing Qoraqalpog‘iston Kasaba uyushmalari birlashmasining rahbari U.Jalmenov va boshqalar nozmodni qo‘llab-quvvatlab so‘zga chiqishdi.
Shu tariqa, Sharap Usnatdinov O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi lavozimiga saylandi.

Eslatib o‘tamiz, 28-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan farmonga muvofiq, O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi nomi O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasiga o‘zgartirildi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar