Daryo

Fotogalereya: Dunyodagi eng xunuk yo‘ltanlamaslar

Motor nashri dunyodagi eng xunuk 8 yo‘ltanlamasning suratlarini jamladi va ular haqida ma’lumot berib o‘tdi.

3 daqiqa o‘qish57 657 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Motor
“Motor” nashri dunyodagi eng xunuk 8 yo‘ltanlamasning suratlarini jamladi va ular haqida ma’lumot berdi.

VLF X-Series

Foto: Motor

Mana shu mashina VLF X-Series deb nomlanadi. Chevrolet Colorado’ning platformasi ushbu yo‘ltanlamasning asosi qilib olindi. VLF X-Series 321 ot kuchiga ega 6 silindrli hajmi 3,6 litrga teng dvigatel bilan jihozlangan.

Foto: Motor
VLF Yaqin Sharqda sotish uchun mo‘ljallangan. Uning taxminiy narxi 70 ming dollarga teng.

Studebaker

Foto: Motor

Ishonish qiyin, ammo bu Studebaker – 1902-yilda avtomobillarni ishlab chiqargan Amerikaning mashhur brendi. Kompaniya so‘nggi mashinani 1966-yilda ishlab chiqargan, 2000-yillar boshida esa turar joy savdosi bilan shug‘ullanadigan Avanti Motor Company brendning huquqini sotib oldi.

Foto: Motor
Bu 2003-yili Chikago avtosalonida namoyish etilgan yo‘ltanlamas konsepti. Modelni Ford Super Duty pikapi asosida yaratish ko‘zda tutilgan edi.

Knight XV

Foto: Motor

Kanadaning Conquest Vehicles kompaniyasi Knight XV nomli avtomobilni ishlab chiqargan. Mashina kuzovi pishiq po‘latdan, qanot va bamperlar esa shisha toladan yasalgan. Avtomobil oynasi qalinligi 64 millimetrli mustahkam shaffof materialdan ishlangan.

Foto: Motor

Conquest Vehicles’ning ikkinchi modeli Evade deb nomlanadi. Uning eng oddiy komplektatsiyasi 500 ming dollar turadi.

Youabian Puma

Foto: Motor

Ushbu g‘alati mashina Youabian Puma deb nomlanadi. Birinchi marta avtomobil 2013-yili Los-Anjelesdagi avtosalonda namoyish etilgan.

Foto: Motor

Youabian Puma plastik jarroh Kami Yuabian buyurtmasiga asosan ishlangan va narxi qariyb 1,1 million dollarga teng bo‘lgan.

Lancia Delta

Foto: Motor

Yo‘ltanlamasga aylantirilgan Lancia Delta sportkari. Bunday chiroyli mashinani xunuk holatga keltirish kimning hayoliga kelgan?

Foto: Motor

Haqiqatdan ham mashinaning ko‘rinishi ayanchli. Mazkur surat Monakoda olingan.

Rally Fighter

Foto: Motor

Local Motors kompaniyasi Rally Fighter nomli ikki kishiga mo‘ljallangan sport yo‘ltanlamasini ishlab chiqargan. Yo‘ltanlamas 430 ot kuchiga teng 8 silindli hajmi 6,2 litr bo‘lgan dvigatelga ega.

Foto: Motor

Bunday avtomobillar shaxsiy buyurtma asosida ishlab chiqariladi. Hozir ham Rally Fighter’ni sotib olish mumkin.

Ford Power Stroke

Power Stroke nomli yo‘ltanlamas Ford kompaniyasi tomonidan 1994-yili namoyish etilgan. Mashina o‘sha paytlar uchun yangi bo‘lgan 7,3 litrli dizel motorini namoyish qilish uchun o‘ylab topilgan.

Foto: Motor

3 yil avval mashina kim oshdi savdosida 32,5 ming dollarga sotilgandi.

Foto: Motor

Dartz

Foto: Motor

Mashhur Dartz yo‘ltanlamasi “Diktator” filmida suratga tushgan. Kinokartina uchun bir nechta avtomobil yasalgan, keyin esa xuddi filmda kabi bo‘lgan 10 ta mashina sotuvga qo‘yilgan.

Foto: Motor

Har bir mashina uchun 500 mingdan 750 ming dollargacha so‘rashgan. Yakunda nechta Dartz sotilgani noma’lum.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.