Daryo

Davlat raqobat qo‘mitasi raisining virtual qabulxonasi ishga tushdi

Ushbu resursda nafaqat murojaatnoma yuborish, balki uning ijro etilishini kuzatib borish ham mumkin

1 daqiqa o‘qish27 122 ko‘rishlar0 izoh0
Skrinshot: Davlat raqobat qo‘mitasi raisining virtual qabulxonasi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi raisining virtual qabulxonasi ishga tushirildi, deya xabar bermoqda UzReport.

Skrinshot: Davlat raqobat qo‘mitasi raisining virtual qabulxonasi

Xususiylashtirish, davlat mulkini ijaraga olish, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati, iste’molchilar huquqlari himoyasi, bankrotlik, birja, baholash va rieltorlik faoliyati va Davlat raqobat qo‘mitasi faoliyati doirasidagi boshqa masalalar bo‘yicha savollar yuzasidan qo‘mita raisiga murojaat qilish mumkin.

Ushbu resursda nafaqat murojaatnoma yuborish, balki uning ijro etilishini kuzatib borish ham mumkin. Shuningdek, murojaatlarga bevosita mazkur saytning o‘zidan javob olish mumkin.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar