Daryo

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 18 so‘m 61 tiyinga oshdi, Xitoy yuani kursi 1 tiyinga tushdi

1 AQSh dollari 3083 so‘m 96 tiyin etib belgilandi

1 daqiqa o‘qish31 742 ko‘rishlar0 izoh0
Skrinshot: “CBU.uz”

O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 25-oktabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.

Foto: AFP

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 3083 so‘m 96 tiyin etib belgilandi. Bu 18-oktabrdagi kursga nisbatan 18 so‘m 61 tiyinga ko‘p.

2016-yil 25-oktabrdan e’tiboran 1 yevro qiymati 3388 so‘m 35 tiyin (18-oktabrdagi kursga nisbatan 9 so‘m 51 tiyin arzon), 1 Xitoy yuani 455 so‘m 30 tiyin (18-oktabrdagi kursga nisbatan 1 tiyin arzon), 1 Rossiya rubli esa 49 so‘m 38 tiyin (18-oktabrdagi kursga nisbatan 72 tiyin qimmat) etib belgilangan.

Skrinshot: “CBU.uz”

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar