Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 18-oktabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.

Foto: UzDaily

Foto: UzDaily

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 3065 so‘m 35 tiyin etib belgilandi. Bu 11-oktabrdagi kursga nisbatan 18 so‘m 50 tiyinga ko‘p.

2016-yil 18-oktabrdan e’tiboran 1 yevro qiymati 3397 so‘m 86 tiyin (11-oktabrdagi kursga nisbatan 10 so‘m 41 tiyin arzon), 1 Xitoy yuani 455 so‘m 31 tiyin (11-oktabrdagi kursga nisbatan 50 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 48 so‘m 66 tiyin (11-oktabrdagi kursga nisbatan 24 tiyin qimmat) etib belgilangan.

Skrinshot: “CBU.uz”

Skrinshot: “CBU.uz”

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda