O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 11-oktabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 3046 so‘m 85 tiyin etib belgilandi. Bu 4-oktabrdagi kursga nisbatan 18 so‘m 38 tiyinga ko‘p.
2016 yil 11-oktabrdan e’tiboran 1 yevro qiymati 3408 so‘m 27 tiyin (4-oktabrdagi kursga nisbatan 6 so‘m 52 tiyin qimmat), 1 Xitoy yuani 454 so‘m 81 tiyin (4-oktabrdagi kursga nisbatan 66 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 48 so‘m 90 tiyin (4-oktabrdagi kursga nisbatan 1 so‘m 13 tiyin qimmat) etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.