10-sentabr kuni Kolumbiyada start oladigan futzal bo‘yicha Jahon Chempionatida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi o‘zining ketma-ket ikki uchrashuvini Kali shahrida o‘tkazadi.
O‘FF matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Kali shahri aholisi mundial davomida O‘zbekiston terma jamoasiga muxlislik qilishi mumkin. Chunki shahar bayrog‘i O‘zbekiston davlat bayrog‘iga o‘xshab ketadi.
“Bu fakt shahar aholisining terma jamoamizga bo‘lgan hurmatini ancha oshirganini mahalliy jurnalistlar aytib o‘tishdi”, — deb yoziladi O‘FFning Telegram’dagi kanalida.
Ma’lumot uchun, Kali shahar bayrog‘i 1928-yilda ishlab chiqilgan bo‘lib, 1954-yilning 31-may kuni shahar ramzi sifatida rasman tasdiqlangan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.