Daryo

Italiyadagi zilzila qurbonlari soni 63 kishiga yetdi

Agentlik o‘z manbalariga tayangan holda ushbu sonni keltirmoqda

1 daqiqa o‘qish14 054 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Italiyaning markaziy qismida sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni 63 kishiga yetdi. Bu haqda, ANSA agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Agentlik o‘z manbalariga tayangan holda ushbu sonni keltirmoqda — bu borada hali rasmiy bayonot berilgan emas.

Ilgari qurbonlar soni 38 kishini tashkil etgani xabar qilingan edi.

Zilziladan tog‘li hududda joylashgan aholi punktlari — Amatriche va Akkumuli jabr ko‘rgani aytilmoqda. Yer osti silkinishlari poytaxt Rimda ham sezilgan.

Eslatib o‘tamiz, zilzila Italiya markazida mahalliy vaqt bilan 03:36 da (Toshkent vaqti bilan 06:36 da) sodir bo‘ldi. 6,0 magnitudali yer silkinishi epitsentri Riyeti provinsiyasida 4 km chuqurlikda joylashgan edi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar