Daryo

Italiyadagi zilzila qurbonlari soni 38 kishiga yetdi

Oldinroq 22 kishi tabiiy ofat qurboni bo‘lgani bildirilgandi

1 daqiqa o‘qish11 060 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: EPA

Italiyada 24-avgust, chorshanbaga o‘tar kechasi ro‘y bergan zilzila qurbonlari soni 38 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat fuqarolik mudofaasi boshqarmasi vakillariga tayanib, Reuters ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: EPA

Oldinroq 22 kishi tabiiy ofat qurboni bo‘lgani bildirilgandi.

Zilziladan tog‘li hududda joylashgan aholi pukntlari — Amatriche va Akkumuli jabr ko‘rgani aytilmoqda. Yerosti silkinishlari poytaxt Rimda ham sezilgan. 

Eslatib o‘tamiz, яilzila Italiya markazida mahalliy vaqt bilan 03:36 (Toshkent vaqti bilan 06:36)da sodir bo‘ldi. 6,0 magnitudali yer silkinishi epitsentri Ryeti provinsiyasida 4 km chuqurlikda joylashdi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar