Daryo

Italiyada zilzila qurbonlari soni 22 kishiga yetdi

Tabiiy ofat hududida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi ko‘plab tumanlarga yetish qiyin bo‘lganligi tufayli qiyinlashmoqda

1 daqiqa o‘qish10 372 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: TJournal

Italiyada zilzila qurbonlari soni 22 kishiga yetdi, 100 dan ortiq odam bedarak yo‘qolgan. Bu haqda 24-avgust, chorshanba kuni La Repubblica gazetasi ma’lum qildi.

Foto: TJournal

Nashr, shuningdek, binolar, yo‘llar va ko‘priklarning shikastlanganligi haqida ma’lum qilmoqda. Tabiiy ofat hududida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi ko‘plab tumanlarga yetish qiyin bo‘lganligi tufayli qiyinlashmoqda.

Mahalliy Qizil xoch rahbariyati zilzila hududida gaz sizib chiqqanligini ma’lum qildi.

Zilzila Italiya markazida mahalliy vaqt bilan 03:36 (Toshkent vaqti bilan 06:36)da sodir bo‘ldi. 6,0 magnitudali yer silkinishi epitsentri Ryeti provinsiyasida 4 km chuqurlikda joylashdi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar