Janubiy Koreyaning eng yirik Korean Air aviakompaniyasiga qarashli samolyot Tokioning Xaneda aeroportida yona boshladi. Bu haqda, NHK telekanali ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, samolyot bortidagi 319 kishi evakuatsiya qilingan. Hech kim jabrlanmagan.
Samolyot dvigatellaridan biri yonganligi xabar qilinmoqda. Hodisa samolyot Seulning Inchxon xalqaro aeroportiga uchishga tayyorgarlik ko‘rayotgan paytda yuz bergan.
Aeroport ma’muriyati yuz bergan yong‘indan so‘ng aeroportdagi to‘rtala uchish-qo‘nish yo‘lagini berkitib qo‘ygan. Hozirda uchish-qo‘nish yo‘lagida turgan samolyotni 100 nafar politsiya xodimi qurshab olgan.
Yaponiya hukumati yuz bergan hodisada terakt alomatlarini aniqlamadi.
Ayni vaqtga kelib yong‘in butkul o‘chirildi.
Izoh (0)