Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 18-may kuni O‘zbekiston Respublikasidagi yangi elchini tayinlash haqida buyruq imzoladi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Foto: Facebook / khadamotimatbuot

Foto: Facebook / khadamotimatbuot

Yangi elchi Imomi Sodiq Ashurboyzoda bo‘ldi. Bungacha Tojikistonning Toshkentdagi elchisi lavozimida Muzaffar Husaynov faoliyat yuritgan edi. U o‘zining O‘zbekistondagi besh yillik missiyasini mart oyida yakunladi.