“Lokomotiv” OChL 1/8 finalida Saudiyaning “Al-Hilol” klubi bilan safarda durang o‘ynadi
Qayd etish kerak, “Lokomotiv” joriy mavsum hisobidan na milliy chempionat doirasida va na xalqaro maydonda mag‘lub bo‘ldi
1 daqiqa o‘qish20 062 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Lokomotiv” FK matbuot xizmati
Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan Toshkentning “Lokomotiv” klubi nimchorak final doirasidagi birinchi o‘yinda durang natijaga imzo chekdi.
Saudiya Arabistonida “Al-Hilol” mehmoni bo‘lgan “temiryo‘lchilar” 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Qayd etish kerak, “Lokomotiv” joriy mavsum hisobidan na milliy chempionat doirasida va na xalqaro maydonda mag‘lub bo‘ldi.
“Al-Hilol” uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan “Qirol Fath” stadionida O‘zbekistonning 4 ta jamoasi 7 marta o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasida Saudiya klubi muvaffaqiyat qozongandi. “Lokomotiv” bu borada “Al-Hilol” maydonida yengilmagan O‘zbekistonning birinchi klubiga aylanib oldi.