Daryo

Toshkentda oxirgi tramvay yo‘nalishi qoldi

Tramvaylar tegishli raqamlarga (T9, T13 va h.k.) ega avtobuslar bilan almashtirilmoqda

1 daqiqa o‘qish30 002 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Gazeta.uz”

24-aprel, yakshanba kunidan e’tiboran Toshkentda 8-raqamli travmay yo‘nalishida (“Beshqayrag‘och” dahasi — Oqtepa maydoni) qatnov to‘xtadi. Bu haqda, tramvay deposi bayonotiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Gazeta.uz”

Yo‘nalish ishining to‘xtatilishi haqida bir kun oldin ma’lum qilindi. Boshqa yo‘nalishlar ham shu tarzda yopilgan edi (12- va 26-raqamli yo‘nalishlar — 12-aprelda, 9- va 13-raqamli yo‘nalishlar — 22-aprelda).

8-tramvayning o‘rnini bosgan avtobus. Foto: “Gazeta.uz”

Toshkentda 17-raqamli bitta tramvay yo‘nalishi (“Beshqayrag‘och” dahasi — Ippodrom) qoldi. Uning qachon yopilishi hozircha ma’lum emas.

Foto: “Gazeta.uz”

Tramvaylar tegishli raqamlarga (T9, T13 va h.k.) ega avtobuslar bilan almashtirilmoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar