Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda yaqin oylarda kuchli zilzilalar kutilmayapti, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” respublika Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti direktor o‘rinbosari Ahmadjon To‘ychiyevga tayanib.

Foto: gazeta.uz

Foto: gazeta.uz

“Institut mutaxassislari tomonidan yer qa’rining holati yil bo‘yi monitoring qilinib turibdi, u 20 ta turli parametrlar bo‘yicha olib boriladi. Mamlakatda zilzilalarni qayd etuvchi 50 ta seysmik stansiya, hamda 12 ta majmuali prognoz stansiyasi faoliyat yuritadi. Ayni paytda seysmik faollik kuchayganidan dalolat beruvchi alomatlar kuzatilmayapti”, — dedi u.

Ahmadjon To‘ychiyev ta’kidlashicha, O‘zbekiston shunday mintaqada joylashganki, u yerda doim zilzilalar bo‘lgan, bo‘lmoqda va bundan keyin ham bo‘ladi. Biroq hozirda aholining xavotir olishi uchun sabablar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston fanlar akademiyasi seysmologiya instituti joriy yili mamlakatning barcha hududlarida zilzila xavfi oshishini taxmin qilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindistonda milliarder Gautam Adanining yangi loyihasiga qarshi ommaviy namoyishlar avj oldi
Sport
Kamerun terma jamoasi yulduzi Andre Onana murabbiy bilan kelishmovchilik sabab JCH—2022 ni tark etdi
Mahalliy
Infografika: O‘zbekiston Markaziy Osiyoning qaysi davlatlari bilan eng ko‘p savdo qilayotgani ma’lum qilindi