Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Berlin yaqinida joylashgan qabristondagi oilaviy mozordan rejissor Fridrix Vilgelm Murnauning boshi o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda Der Spiegel nashri xabar qilmoqda.

Foto: Twitter / @filmeditio

Foto: Twitter / @filmeditio

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa o‘tgan dam olish kunlari ro‘y bergan. Murnauning aka-ukalari dafn etilgan ikkita qo‘shni qabrlarga tegilmagan. Politsiyachilar mozor yonidan mum izlarini topgan, shu bois bu yerda qandaydir marosim o‘tkazilganligi ham ehtimoldan xoli emas.

Fridrix Vilgelm Murnau qo‘rqinchli filmlar janriga asos solgan rejissorlardan biri hisoblanadi. Jumladan, u 1922-yilda Brem Stokerning “Drakula” romani asosida “Nosferatu. Qo‘rquv simfoniyasi” filmini suratga olgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ramzan Qodirovni tanqid qilgan chechenistonlik bloger o‘ldirib ketildi
Mahalliy
O‘zbekistonda talabalar uchun qishki ta’til muddati belgilandi
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 153 kishida koronavirus aniqlandi