Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonlik seysmologlarning ta’kidlashlaricha, Nepaldagi zilzila O‘zbekistondagi seysmik vaziyatga ta’sir qilmaydi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.

Foto: UZ24

Foto: UZ24

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti direktori o‘rinbosari A. Mavlonovning ma’lum qilishicha, kuzatuvlar yaqin vaqtlarda O‘zbekiston hududida kuchli zilzilalar ro‘y berishi mumkinligini ko‘rsatmayapti. Olimlar O‘zbekiston va yaqin hududlardagi seysmik faollikni muntazam kuzatib borishmoqda.

Ayni vaqtda Qirg‘iziston Seysmologiya instituti direktori Kanatbek Abdraxmatov Nepaldagi zilzila Markaziy Osiyoda, jumladan, Qirg‘izistonda yerosti silkinishlariga sabab bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Issiqko‘l joylashgan Qirg‘izistonning shimoli-sharqi zilzilalar markaziga aylanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 25-aprel, shanba kuni Nepalda magnitudasi 7,9ga teng bo‘lgan zilzila yuz bergandi. Zilzila epitsentri mamlakat poytaxti Katmandu shahri yaqinida bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa natijasida 5 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Andijonda 127 ming nafar ishsiz fuqaro mavjud. Har yili yana 50 ming nafar yoshlar mehnat bozoriga kirib keladi” — prezident 
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-fevraldan metan zapravkalar faoliyati tiklanadi
Mahalliy
Jizzax, Samarqand, Farg‘onada elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, qariyb 250 mln so‘m zarar yetkazgan tadbirkorlar ushlandi