Daryo

Qoraqalpog‘istonda 135 yoshli To‘ti Yusupova vafot etdi

To‘ti Yusupova 1880-yilda To‘rtko‘l tumani hududida tavallud topgan

1 daqiqa o‘qish27 896 ko‘rishlar0 izoh1

To‘rtko‘l tumanida istiqomat qiluvchi To‘ti Yusupova 135 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Yerkin Qaraqalpaqstan” gazetasiga asoslanib “Furkat.uz” xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

To‘ti Yusupova 1880-yilda To‘rtko‘l tumanida tavallud topgan. U yoshlik chog‘laridan boshlab, nafaqaga chiqqunga qadar “Ko‘na-To‘rtko‘l” xo‘jaligida ishlab, fidokorona va yuqori insoniylik fazilatlari bilan ajralib turgan.

To‘ti momo umri davomida shogirdlari va farzandlarining jamiyatda munosib o‘rin egallashlari uchun o‘zining barcha kuch-g‘ayratini ishga soldi va keng jamoatchilik orasida katta hurmat qozondi.

Uning ko‘p yillik mehnatlari yuqori baholanib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar