Filippinning Luson orolidagi Keson-Siti shahrida bo‘lib o‘tgan “Miss Yer – 2014” go‘zallik tanlovida mezbon davlat vakilasi Jemi Xerrel g‘oliba deb topildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
20 yoshli filippinlik qiz sakkiz finalchi ishtirokidagi yakuniy bosqichdagi intellektual tanlov yakunlariga ko‘ra “Miss Yer – 2014” deb topildi. U hakamlarning global isish muammolarini yechish uchun qanday yordam bera olishi haqidagi savolga bolalarni bunga o‘rgatishini aytib javob qaytardi.
Ikkinchi o‘rin va “Miss Havo” unvoni AQSh vakilasi Andrea Nyuga, uchinchi o‘rin va “Miss Suv” unvoni venesuelalik Mariya Aleksandra Rodrigezga, to‘rtinchi o‘rin va “Miss Olov” unvoni rossiyalik Anastasiya Trusovaga topshirildi.
Izoh (0)