Daryo

“Chimyon” MDHdagi eng yaxshi tog‘-chang‘i kurortlari orasida to‘rtinchi bo‘ldi

Birinchi o‘rinni kunlik 46 dollarlik byudjet bilan Qirg‘izistonning “Qoraqo‘l” kurorti egalladi

1 daqiqa o‘qish15 718 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: mg.uz

Travel.ru sayti tomonidan dam olish narxi bo‘yicha tuzilgan MDH va Sobiq Ittifoq davlatlaridagi eng yaxshi tog‘-chang‘i kurortlari reytingidan O‘zbekistonning “Chimyon” bazasi ham joy oldi.

Foto: mg.uz

Bir kishining dam olishi xarajatlariga qarab tuzilgan byudjetdan tepalikdan 15 kilometr radiusdagi hududda joylashgan 2−3 yulduzli mehmonxonada yashash, yaqin orada joylashgan qahvaxonadagi kechki ovqat narxi va bir kunlik chang‘ida uchish uchun ruxsatnoma ko‘rsatkichlari o‘rin olgan.

Birinchi o‘rinni kunlik 46 dollar xarajat bilan Qirg‘izistonning “Qoraqo‘l” kurorti, ikkinchi o‘rinni 49 dollar bilan Belorussiyaning “Logoysk”, uchinchi o‘rinni 50 dollar bilan Armanistonning “Sakxadzor” va to‘rtinchi o‘rinni 51 dollar bilan “Chimyon” kurorti egalladi.

Shuningdek, Ukrainaning “Slavskoye” (53 dollar) va “Badovel” (88 dollar), Qozog‘istonning “Oltoy Alplari” (81 dollar) va “Chimbuloq” (94 dollar), Gruziyaning “Bakuriani” (83 dollar) va “Guduari” (88 dollar) kurortlari ham reytingdan o‘rin olgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar