Daryo

Toshkentdagi 160 ta chorrahaga videokuzatuv kameralari o‘rnatiladi

Kameralarni avval Toshkentda, so‘ng Samarqandda, undan keyin esa butun respublika bo‘ylab o‘rnatish rejalashtirilmoqda

1 daqiqa o‘qish14 513 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: redpen.uz

O‘zbekistonda joriy qilinayotgan yo‘l harakati xavfsizligini boshqarishning kompyuterlashgan tizimi videokuzatuv kameralari, dispetcher markazi va patrul mashinalari kabi uchta bo‘g‘indan iborat, deya xabar bermoqda RedPen.

Foto: redpen.uz

Kameralarni avval Toshkentda, so‘ng Samarqandda, undan keyin esa butun respublika bo‘ylab o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

Dastlab Toshkentdagi 120 ta chorrahaga kameralar o‘rnatish va buning uchun 1200 ta kamera sotib olish ko‘zda tutilgan edi. Yakunda kamera bilan jihozlanadigan chorrahalar soni 160 tagacha ko‘paytirildi.

So‘nggi bir necha oy ichida Toshkentdagi chorrahalarga kuzatuv tizimini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Kameralar va dispetcherlik markazi o‘rtasida aloqa o‘rnatish uchun “O‘zbektelekom” AK aloqa liniyalarini o‘tkazmoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar