Daryo

Samarqandda musiqaga hamohang tovlanuvchi yangi favvora qurildi

Samarqandda Shahar kunini nishonlash arafasida yangi favvora ishga tushirildi

1 daqiqa o‘qish14 382 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: ut.uz

Samarqandda Shahar kuni arafasida yangi favvora ishga tushirildi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Today.

Samarqanddagi favvora. Foto: ut.uz

Samarqand har yili ko‘p sonli mehmon va sayyohlarni o‘ziga jalb etadi. Qayta ta’mirlangan hashamatli tarixiy inshootlar, saqlanib qolgan qadimgi yodgorliklar atrofidagi obod hududlar, yangi yo‘llar, istirohat bog‘lari qadimgi madaniyat va zamonaviylikni uyg‘unlashtiradi. Favvoralar shahar qiyofasiga o‘ziga xos ko‘rk baxsh etadi.

Samarqanddagi favvora. Foto: ut.uz

Obodonlashtirish departamentining favvora va artezian quduqlardan foydalanish bo‘limi boshlig‘i M. Mamatqulovning ma’lum qilishicha, hozirda shaharda 38 ta favvora ishlab turibdi. Shahar markazida joylashgan ushbu favvoralarning birida qayta ta’mirlash ishlari olib borildi, gidrotexnik inshootlar o‘zgartirildi va ta’mirlandi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati hokimligining matbuot xizmati.

Samarqanddagi favvora. Foto: ut.uz

Endilikda, mazkur suv obyekti samarqandliklarni yoqimli tarona bilan xursand qiladi, favvoradan tizillab oqayotgan suv esa xilma-xil ranglarda tovlanadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar