Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi “Qorayozbobo” fermer xo‘jaligida Kozimjon Abdullayev tuya parvarishini yo‘lga qo‘ydi. “Xalq so‘zi” gazetasining xabar berishicha, hozirda xo‘jalikda 19 bosh tuya yetishtirilmoqda.
— Tuya junidan tayyorlangan matolar inson tanasini sovuqdan yaxshi himoyalaydi, — deydi “Qorayozbobo” fermer xo‘jaligi rahbari Kozimjon Abdullayev. — Qolaversa, uning suti juda shifobaxsh. Shu bois kelgusida tuyalarimiz sonini yanada ko‘paytirishni maqsad qilganmiz.
Izoh (0)