Daryo

Toshkent jamoat transportidagi yo‘lovchilar oqimi o‘rganib chiqiladi

Tadbir 23 va 27-aprel kunlariga rejalashtirilgan. Unga 11 mingga yaqin talaba hamda poytaxt oliy o‘quv yurtlarining 150 nafar ishchilari jalb etiladi

1 daqiqa o‘qish20 358 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: transportglobus.info

Aprel oyining oxirida Toshkentda barcha turdagi shahar jamoat transportlarida (metro, avtobus, tramvay va yo‘nalishli taksi) yo‘lovchilar oqimi o‘rganib chiqiladi. Bu to‘g‘rida “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi bergan ma’lumotga tayanib Gazeta.uz xabar qilmoqda.

Foto: transportglobus.info

Tekshiruv Toshkent shahar hokimiyati, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “Toshshahartransxizmat” hamda Toshkent shahar hokimligi Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti tomonidan, Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti va Toshkentdagi Turin politexnika universiteti hamkorligida o‘tkaziladi.

Tadbir 23-aprel (chorshanba) va 27-aprel (yakshanba) kunlariga rejalashtirilgan. Unga 11 mingga yaqin talaba hamda poytaxt oliy o‘quv yurtlarining 150 nafar ishchilari jalb etiladi. Tadbirda barcha turdagi transport vositalarining har bir eshigiga hisoblovchi talaba biriktirib qo‘yiladi. Ular transportga chiqayotgan har bir yo‘lovchiga bekat raqami belgilangan maxsus talon berishadi. Yo‘lovchilar tushayotib, ularni hisoblovchilarga qoldirib ketishadi, unga o‘sha bekat raqami belgilab qo‘yiladi.

Talabalar to‘plagan kartochkalar reys tugaganidan keyin oxirgi bekatda yig‘ib olinadi va tegishli ma’lumotlar bilan birga maxsus qoplarga joylanadi. Olingan ma’lumotlarga Toshkentdagi Turin politexnika universiteti xodimlari tomonidan ishlov beriladi.

Jamoat transportida yo‘lovchilar oqimini bunday o‘rganish har bir yo‘nalishda qancha transport vositalariga zarurat mavjudligini aniqlash va shu asosda mavjud imkoniyatlarni to‘g‘ri taqsimlab, aholiga sifatli transport xizmati ko‘rsatishga xizmat qiladi. Shu sababli tekshiruv tashkilotchilari yo‘lovchilardan tadbirda faol ishtirok etishlarini so‘rashadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar