Daryo

Bahodir Jalolovning navbatdagi jang sanasi ma‘lum bo‘ldi

Sportchi Qozog‘istonning Ostona shahrida ringga ko‘tariladi

1 daqiqa o‘qish43 379 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolovning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi. Bu haqida sportchining o‘zi Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

Jalolov 5-aprel kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida Top Rank tomonidan tashkillashtiriladigan boks oqshomida ringga ko‘tariladi. Biroq u qaysi sportchiga qarshi jang o‘tkazishiga aniqlik kiritilmagan.

Ko‘rishuncha, Qozog‘iston, deb xabarga izoh yozdi sportchi

 

Foto: Instagram/BakhodirDjalolov

Qayd etish joizki, Jalolov 6-fevral kuni Kanadaning Monreal shahrida fransiyalik Devid Spilmontga qarshi ringga ko‘tarilishi kerak edi, ammo tibbiy komissiyaning qaroriga ko‘ra ushbu jang bekor qilingan edi.

Maʼlumot o‘rnida, Jalolov professional faoliyatida 14 ta jang o‘tkazgan va barchasida nokaut evaziga g‘alaba qozongan. U so‘nggi jangini 2023-yilda Toshkentda o‘tkazilgan boks oqshomida o‘tkazgan. O‘shanda Bahodir Janubiy Afrika vakili Kris Tompsonni birinchi raundning o‘zida mag‘lub etgandi. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar