• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.92
    • RUB155.96
    • EUR14630.36
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Tadbirkorlarning uchdan bir qismida biznes faoliyati yaxshilangan — tadqiqot

    O‘zbekistonda mingdan ortiq tadbirkorda so‘rov o‘tkazilganda, ularning uchdan bir qismi biznes faoliyati yaxshilanganini bildirdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi “Daryo”ga taqdim etgan tahlilda keltirilgan.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Markaz joriy yil iyul oyida o‘tkazgan so‘rov ishtirokchilaridan 37 foizi so‘nggi uch oyda o‘z biznesining holati yaxshilanganini qayd etgan. Qolgan 42 foiz tadbirkor mahsulot va xizmatlarga talab o‘sganini aytgan. Har to‘rtinchi tadbirkor (24 foiz) esa ishchilar soni oshirilganini ko‘rsatgan.

    “Bu esa ishbilarmonlik faoliyatining kengayayotgani va qo‘shimcha mehnat resurslariga ehtiyoj ortib borayotganidan dalolat beradi”, deyiladi markaz tadqiqotida.

    So‘rovda ishtirok etgan tadbirkorlarning ko‘pchiligi (66 foiz) kelgusida talab o‘sishini taxmin qilmoqda. Yarmidan ko‘prog‘i esa (53 foiz) ishchilari soni oshishini kutyapti. So‘ralgan har to‘rtinchi tadbirkor (25 foiz) narxlar o‘sishi ehtimoli borligini aytgan. Bu holat inflyatsiya kutilmalari biznes muhitiga taʼsir ko‘rsatayotganini aks ettiradi.

    Markaz o‘rganishlariga ko‘ra, o‘tgan oyda O‘zbekistonda biznes muhiti indeksi 52 bandni tashkil etib, 2024-yil mos davriga nisbatan 5 bandga o‘sgan. Bu o‘sish asosan tadbirkorlikning joriy faolligi hisobidan kuzatilgan. Xususan, biznes muhiti indeksi joriy holati ko‘rsatkichi o‘tgan yil mos davriga nisbatan 44 bandga oshgan (+14).

    Biznesning joriy holati indeksi tadbirkorlarning haqiqiy holati va biznes yuritish shart-sharoitlariga bo‘lgan qarashlarini ifodalaydi. Unda sotuvlar, bandlik, talab, resurslardan foydalanish, ishlab chiqarish muhitining barqarorligi kabi omillar hisobga olinadi. Shu bilan birga, biznesning istiqboldagi kutilmalari indeksi 66 banddan 59 bandga tushishi kuzatilgan.

    Qayd etilishicha, tarmoqlar kesimida tadbirkorlarda ijobiy kayfiyat saqlanib qolmoqda. Xususan, iyulda qishloq xo‘jaligida biznes muhiti indeksi barqarorlashgan. Soha vakillarining 41 foizi so‘nggi uch oyda biznesi yaxshilanganini qayd etgan (o‘tgan yil mos davrida 35 foiz edi). Tadbirkorlarning 79 foizi kelgusida biznes holati yanada yaxshilanishini bildirgan (o‘tgan yilda 69 foiz bo‘lgan).

    Sanoatda biznes muhiti indeksi o‘tgan yilga nisbatan 6 bandga yaxshilanib, 50 bandga yetgan. Tadbirkorlarning yarmidan ko‘pi (51 foiz) joriy holatini “qoniqarli” deb baholagan. Shulardan 21 foizi so‘nggi uch oyda ishchilar soni o‘sganini qayd etgan.

    So‘rovda ishtirok etgan tadbirkorlarning 74 foizi kelgusida biznes holati yanada yaxshilanishini qayd etgan.

    Iyul oyida xizmatlar sohasida biznes muhiti indeksi o‘tgan yilga nisbatan 3 bandga yaxshilanib, 54 bandga yetgan. Biznes muhitining joriy holat indeksi esa sezilarli mustahkamlanib, 34 banddan 48 bandga o‘sishi kuzatilgan.

    Tadbirkorlarning 47 foizi o‘z biznesining joriy holatini “yaxshi” deb baholagan, 39 foizi esa so‘nggi uch oyda biznes holatining yaxshilanganini qayd etgan. Shu bilan birga, umumiy kutilmalar ijobiyligicha qolmoqda — respondentlarning 64 foizi kelgusida talabning yanada o‘sishini ko‘rsatib o‘tgan, garchi bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan (69 foiz) biroz pasaygan, deyiladi manbada.

    Biznes muhiti indeksi qurilish tarmog‘ida o‘tgan yilga nisbatan 5 bandga o‘sib, 50 bandga yetgan. So‘nggi uch oyda biznes holati “yaxshilangan”ini sohadagi tadbirkorlarning 42 foizi qayd etgan. Taqqoslash uchun, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 25 foiz bo‘lgan. Respondentlarning 24 foizi kelgusida biznes holati yaxshilanishini kutmoqda.

    Maʼlumot uchun, O‘zbekiston biznes muhiti indeksi markaz tomonidan sanoatning turli tarmoqlaridagi mingdan ortiq korxonalarda o‘tkazilgan so‘rovlar asosida hisoblab chiqiladi. Biznes muhitining o‘zgarishi indikatori IFO instituti (Germaniya) metodologiyasiga asoslangan. So‘rovlar davomida korxona rahbarlari ishlab chiqarish dinamikasi, talab, narxlar va boshqa ko‘rsatkichlar asosida tadbirkorlik faoliyatidagi joriy va kutilayotgan o‘zgarishlarni baholaydi.

    18 avgust, 18:00   Izoh (0)   1996
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
    Audio Icon

    Kichik xonada istiqomat, saraton tashxisi va tarixiy rekord. Hamzat Chimayevning chempionlikka qadar bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li haqida

    19 avgust, 14:57

    Belgiya maktablarida telefondan foydalanish taqiqlanadi

    19 avgust, 11:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Davlat oliygohlariga o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha test natijalari eʼlon qilindi

    O‘zbekiston | 20 avgust, 23:35

    Yerdagi aksariyat turlar evolyutsiyaning “portlashlari” natijasida vujudga kelgan — tadqiqot

    Dunyo | 20 avgust, 23:30

    Qirg‘iziston O‘zbekistonga qoramol eksportini besh baravarga kamaytirdi

    Iqtisodiyot | 20 avgust, 23:10

    Google Docs matnli hujjatlarni sun’iy intellekt podkastlariga aylantirishni o‘zlashtirdi

    Dunyo | 20 avgust, 22:55

    Rossiya Dumasining sobiq deputati G‘arbga 45 mln dollar evaziga maxfiy ma’lumotlarni berganlikda ayblanmoqda

    Dunyo | 20 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.