• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.92
    • RUB155.96
    • EUR14630.36
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Minglab falastinliklar Isroilning bombardimonlaridan qo‘rqib, G‘azo shahrini tark etyapti

    Isroilning G‘azo sektoriga hujumi va bombardimonlari ortib borishi haqidagi xavotirlar kuchaymoqda. Qo‘rquv bilan yashayotgan minglab falastinliklar o‘z uylarini tashlab, G‘azoning sharqidan g‘arbiy va janubiy hududlarga ko‘chib ketmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

    Manbaga ko‘ra, Isroilning G‘azo shahrini to‘la nazoratga olish rejasi xorijda ham, mamlakat ichida ham xavotir uyg‘otgan. Isroilda o‘n minglab odamlar urush boshlanganidan beri kuzatilgan eng yirik norozilik namoyishlaridan birida qatnashib, janglarni tugatish va G‘azoda falastinliklar qo‘lida qolayotgan 50 nafar garovni ozod qilish bo‘yicha kelishuv tuzilishini talab qilishdi.

    Foto: Reuters
    Foto: Reuters

    Misr va Qatar vositachilarni sulh yuzasidan harakatlarni jadallashtirishga undadi. Qohirada HAMAS ozodlik kuchlari bilan olib borilgan muzokaralarga yaqin manbaning aytishicha, bu tinchlik uchun oxirgi urinish bo‘lishi mumkin.

    Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azo shahrini HAMAS ozodlik kuchlarining so‘nggi yirik tayanch punkti sifatida tasvirlagan. Isroil G‘azoning 75 foizini nazorat qilib turibdi. Harbiy hujumni kengaytirish garovdagilarni xavf ostiga qo‘yishi va askarlarni uzoq davom etadigan, qurbonlarga boy partizan urushiga tortishi mumkin.

    G‘azo shahrida ko‘plab falastinliklar ham urushni tugatishni talab qilish va Isroilning quruqlikdagi hujumini oldini olish uchun HAMASni muzokaralarni kuchaytirishga undovchi namoyishlar o‘tkazishga chaqirmoqda.

    Isroilning G‘azo shahriga bostirib kirishi yuz minglab odamlarning ko‘chirilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ularning ko‘pchiligi urush davomida bir necha bor uyidan quvg‘in qilingan.

    Bayt Lahiya shahridagi boshpana rahbari Ahmad Mexeysanning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda 995 ta oila G‘azoning janubiga yo‘l olgan. Mexeysanning ta’kidlashicha, favqulodda boshpana uchun 1,5 millionta chodir kerak. Biroq shu yilning yanvar–mart oylaridagi sulh doirasida Isroil G‘azoga 120 mingta chodir kiritilishiga ruxsat bergan, xolos. Birlashgan Millatlar Tashkilotining gumanitar idorasi G‘azoda 1,35 million kishi allaqachon favqulodda boshpana vositalariga muhtoj ekanini bildirgan.

    “G‘azo shahridagi odamlar o‘lim jazosi chiqib, ijrosini kutayotgan kishiga o‘xshaydi. Men bugun yoki ertaga ota-onam va oilamni janubga ko‘chirmoqchiman. To‘satdan bosqin bo‘lsa, ularning birontasini yo‘qotish xavfini ko‘tara olmayman”, — degan G‘azo shahri tadbirkori Tomer Buray.

    G‘azo shahrida turli kasaba uyushmalari norozilik namoyishi o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ham odamlar qatnashishga va’da berishgan. Bu esa HAMASga nisbatan bosimni oshirishi mumkin. So‘nggi sulh muzokaralari iyul oxirida muvaffaqiyatsiz yakunlangan, tomonlar uning barbod bo‘lishida bir-birini ayblagan edi.

    Manbaning xulosasiga ko‘ra, HAMAS vositachilarga AQSh taklif etgan 60 kunlik sulh va garovdagilarning yarmidan voz kechish yuzasidan muzokaralarni qayta boshlashga tayyor ekanini bildirgan. Shu bilan birga, ular urushni butunlay tugatadigan kengroq kelishuvni ham ko‘rib chiqish istagini bildirgan.

    18 avgust, 20:50   Izoh (0)   1372
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
    Audio Icon

    Kichik xonada istiqomat, saraton tashxisi va tarixiy rekord. Hamzat Chimayevning chempionlikka qadar bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li haqida

    19 avgust, 14:57

    Belgiya maktablarida telefondan foydalanish taqiqlanadi

    19 avgust, 11:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Davlat oliygohlariga o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha test natijalari eʼlon qilindi

    O‘zbekiston | 20 avgust, 23:35

    Yerdagi aksariyat turlar evolyutsiyaning “portlashlari” natijasida vujudga kelgan — tadqiqot

    Dunyo | 20 avgust, 23:30

    Qirg‘iziston O‘zbekistonga qoramol eksportini besh baravarga kamaytirdi

    Iqtisodiyot | 20 avgust, 23:10

    Google Docs matnli hujjatlarni sun’iy intellekt podkastlariga aylantirishni o‘zlashtirdi

    Dunyo | 20 avgust, 22:55

    Rossiya Dumasining sobiq deputati G‘arbga 45 mln dollar evaziga maxfiy ma’lumotlarni berganlikda ayblanmoqda

    Dunyo | 20 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.