Daryo

O‘zbekistonda barcha qurilish obyektlarini QR kod orqali kuzatish imkoni yaratildi

QR kodli pasport joriy etilishidan asosiy maqsad fuqarolar tomonidan eng ko‘p beriladigan “ko‘p qavatli uylardan xonadon xarid qilishda ushbu uy qonuniy qurilmoqdami yoki yo‘q?” kabi savollarga javoblarni qulay tarzda olish mumkin

1 daqiqa o‘qish8 257 ko‘rishlar0 izoh0

Endilikda har bir qurilayotgan obyektning ko‘rinish joyiga buyurtmachi yoki quruvchi tomonidan ilib qo‘yilgan QR kod orqali qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lish mumkin. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Eldor Siddiqov
Foto: Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati

Ta’kidlanishicha, 2024-yilda vazirlik huzuridagi Axborot kommunikatsiya-texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi tomonidan bir qancha axborot tizimlari ishlab chiqilgan va takomillashtirilgan. Prezident topshirig‘iga asosan qurilish sohasidagi jarayonlarni samarali va shaffof boshqarish maqsadida yangi qurilishlarda davlat nazorati tizimi joriy etilgan.

“Muhim yangiliklardan yana biri, har bir obyekt uchun QR kodli pasport joriy etilgan bo‘lib, ushbu kod orqali obyekt haqidagi barcha ma’lumotlarni real vaqt rejimida olish mumkin. Bu respublikadagi barcha fuqarolar va jamoat nazorati vakillariga qurilish obyektlar holatini qulay tarzda kuzatish imkonini beradi.

Buning uchun har bir qurilayotgan obyektning ko‘rinish joyiga buyurtmachi yoki quruvchi tomonidan QR kod ilib qo‘yiladi. Ushbu QR kodga telefonni yo‘naltirib, quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin:
— Obyektning turiga ko‘ra qanday obyekt qurilayotgani;
— Buyurtmachi, loyihachi va quruvchi tashkilotlar nomlari;
— Quruvchining reytingi;
— Loyihaga tegishli shaharsozlik hujjatlari.

Shuningdek, obyektning foydalanishga topshirish muddatlari bilan tanishish imkoniyati ham mavjud.

QR kodli pasport joriy etilishidan asosiy maqsad fuqarolar tomonidan eng ko‘p beriladigan “ko‘p qavatli uylardan xonadon xarid qilishda ushbu uy qonuniy qurilmoqdami yoki yo‘q?” kabi savollarga javoblarni qulay tarzda olish mumkin”, deydi Markaz direktori o‘rinbosari Eldor Siddiqov.

Avvalroq O‘zbekistonda qurilishi yakunlangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish to‘liq raqamlashtirilishi haqida xabar berilgandi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar