Daryo

Migratsiya agentligidan 13,6 mlrd so‘mlik ish haqi, ishga tiklash, qarzdorlik va davlat boji undiriladi

MIB Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining sobiq xodimlarini ishga tiklash va ular foydasiga pul undirish choralari ko‘rilmayotgani haqidagi xabarlarga javoban bu boradagi sud qarorlari ijrosi to‘xtatilmaganini “Daryo”ga ma’lum qildi.

2 daqiqa o‘qish4 227 ko‘rishlar0 izoh0

Ijtimoiy tarmoqlarda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining sobiq xodimlarini ishga tiklash va ular foydasiga pul undirish choralari ko‘rilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. MIB bu boradagi sud qarorlari ijrosi to‘xtatilmaganini “Daryo”ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, byuroning Olmazor tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning tegishli ijro hujjatlariga asosan qarzdor Tashqi mehnat migratsiya agentligidan 126 ta 13,6 mlrd so‘mlik ish haqi, ishga tiklash, qarzdorlik va davlat boji undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari mavjud.

Shundan

  • 39 ta 294 mln so‘m davlat boji;
  • 59 ta 13,3 mlrd so‘m fuqarolar foydasiga ish haqi to‘lovlari (ma’naviy zarar, majburiy progul va kompensatsiya to‘lovi);
  • 28 ta fuqarolarni ishga tiklash bilan bog‘liq ijro hujjatlarini tashkil etadi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiya agentligi 2024-yilning oktyabrida tugatilib, Vazirlar Mahkamasi huzurida Migratsiya agentligini tashkil etilgandi. Prezidentning tegishli farmoniga asosan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanishi belgilangan. 

Biroq Migratsiya agentligi sud qarorlari ijrosini uzoq muddat davomida bajarmasdan kelgan. Ishga tiklash va ish haqi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari talablari qonunda belgilangan muddatlarda ijro etilmagan. 

Migratsiya agentligi 14 ta ijro hujjatlari yuzasidan davlat ijrochisining xatti-harakatlari yuzasidan norozi bo‘lib, Toshkent tumanlararo ma’muriy sudiga murojaat etgan. Sud tomonidan davlat ijrochisining qarorlari o‘z kuchida qoldirilgan.

“Qarzdor tomonidan bugungi kunda jami 126 ta 13,6 so‘m ijro hujjatlari ijrosini ta’minlanmasdan kelmoqda”, deyiladi MIB xabarida.

2026-yil 4-iyulda fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudiga “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunning 31, 32-moddalari (sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosini kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish, ularni ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish) talablariga asosan sudga tushuntirish bilan chiqilgan. Kelgusi ijro harakatlari sudning ko‘rsatmasiga ko‘ra amalga oshirib boriladi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar