Daryo

Toshkentdagi Bo‘rijar ko‘chasi Pekin ko‘chasi deb qayta nomlandi

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi Rakatboshi mahallasidagi ko‘chani qayta nomlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ko‘chadagi peshlavhalar uch oy ichida yangi nomga almashtiriladi.

1 daqiqa o‘qish468 ko‘rishlar0 izoh0
“Daryo” / Farrux Aliyev

Toshkent shahri, Yakkasaroy tumanining Rakatboshi mahallasidagi Bo‘rijar ko‘chasi Pekin ko‘chasi deb qayta nomlandi. Bu haqda xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 25-sentyabrdagi qarorida belgilandi.

Qarorga ko‘ra, Bo‘rijar ko‘chasini Pekin ko‘chasi deb qayta nomlash bo‘yicha Yakkasaroy tumani hokimligining taklifi ma’qullangan. Mazkur masala avval Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasining 29-iyundagi majlisida ko‘rib chiqilgan.

Ko‘cha nomi o‘zgarishi ortidan undagi ko‘chmas mulk obyektlarining manzillari ham yangilanadi. Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasiga bu ishlarni ikki oy ichida yakunlash hamda manzili o‘zgargan shaxslarni xabardor qilish topshirilgan.

Shuningdek, shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi uch oy ichida ko‘chadagi ko‘rsatkich va peshlavhalarni yangi nomga moslashtirishi kerak. Yakkasaroy tumani hokimligi va boshqa mas’ul tashkilotlarga tegishli hujjatlarga o‘zgartirish kiritish, shuningdek, ko‘chaning yangi nomi bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish vazifasi yuklatilgan. Qaror rasman e’lon qilingan kundan kuchga kirdi.

1 ta surat — kattalashtirish uchun bosing

Foto: Yandex Maps

Avvalroq Toshkentdagi Abdulla Qodiriy ko‘chasining bir qismiga Mustafo Kamol Otaturk nomi berilishi xabar qilingandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar