Daryo

Ko‘ksaroyda Mo‘g‘uliston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladi

1 daqiqa o‘qish7 320 ko‘rishlar0 izoh0

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi. Harbiy orkestr ikki mamlakat davlat madhiyalarini ijro etdi.

Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar. Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Avvalroq Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Mo‘g‘uliston yetakchisi 23—26-iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lishi haqida xabar berilgandi. 23-iyun kuni Uxnaagiyn Xurelsux rafiqasi Luvsandorj Bolorsetseg hamrohligida O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar