Daryo

O‘zbekistonning Iroqdagi yangi elchisi tayinlandi

Ayubxon Yunusov ushbu mamlakat prezidenti Abdullatif Rashidga ishonch yorliqlarini topshirdi.

1 daqiqa o‘qish1 050 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonning Iroqda yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor elchisi Ayubxon Yunusov ushbu mamlakat prezidenti Abdullatif Rashidga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Tantanali marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan muloqot avvalida Iroq prezidenti Adullatif Rashid Shavkat Mirziyoyev bilan xalqaro tadbirlar doirasida bo‘lib o‘tgan suhbatlarini iliq taassurotlar bilan yodga olgan.

Suhbat yakunida prezident Adullatif Rashid O‘zbekistonning Iroqdagi elchisi tayinlangani munosabati bilan tabriklab, uning mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tilagan.

Ayubxon Yunusov 2024-yil 6-fevral kuni O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchisi sifatida Al-Kuvayt shahriga tashrif buyurgan edi.

Kuvaytga tayinlanishidan oldin u TIVning Konsullik-huquqiy departamenti boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. 50 yoshli diplomat Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Al-Azhar universiteti (Misr), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Xalqaro huquq, islomshunoslik, arab filologiyasi singari mutaxassisliklarga ega. Yuridik fanlar nomzodi.

2003-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida turli lavozimlarda, jumladan, markaziy apparatda, Saudiya Arabistonidagi elchixonada, Jidda shahri va Dubay Amirligidagi (BAA) Bosh konsulliklarda ishlagan.

O‘zbekiston va Iroq o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar — asosiy ma’lumot

Diplomatik aloqalar 1993-yil 19-iyun kuni almashinuv notalari orqali o‘rnatilgan. Savdo-iqtisodiy munosabatlar so‘nggi yillarda faollashmoqda: 2022-yilda ikki tomon o‘rtasidagi savdo aylanmasi taxminan 12,1 million AQSH dollarini tashkil etgan, 2023-yilda esa bu ko‘rsatkich taxminan 22,1 million dollarga yetdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar