Daryo

O‘zbekistondagi ovqatlanish joylarining 75 foizida taomnoma davlat tilida emasligi aniqlandi

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan 500 dan ortiq umumiy ovqatlanish subyektlari ustidan vakolatli organlarga ma’lumotlar kiritilgan

1 daqiqa o‘qish6 260 ko‘rishlar0 izoh0

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi 700 ga yaqin ovqatlanish korxonalarida tanlanma asosida o‘rganish ishlari olib bordi. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida iste’molchilardan umumiy ovqatlanish korxonalarida (restoran kafe, oshxona va bufet) ko‘rsatilayotgan xizmatlarda sanitariya-gigiyena talablari buzilayotganligi, narxlarni oshirib qo‘llash hamda taomnomalarning davlat tilida taqdim etilmayotgani yuzasidan 250 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan.
Qo‘mita o‘rganish ishlari natijasida:

  • 524 tasida — (75 foizi) taomnoma davlat tilida emas;
  • 480 tasida — (69 foizi) ish rejimi ko‘rsatilmagan;
  • 449 tasida — (65 foizi) narxnomalar mavjud emas;
  • 429 tasida — (62 foizi) avtoturargohlar mavjud emas;
  • 519 tasida — (74,6 foizi favqulodda vaziyatlari uchun chiqish yo‘laklari mavjud emasligi aniqlangan.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan 500 dan ortiq umumiy ovqatlanish subyektlari ustidan vakolatli organlarga ma’lumotlar kiritilgan.

Oʻzbekistondanman. Milliy universitetning jurnalistika fakultetida toʻrt yil amallab yurganman. Jurnalist boʻlish uchun diplom shart emas. “Daryo”da 2019-yildan beri xabar yozishga harakat qilaman. Sharof Boshbekovning “Yuzsiz” filmi qayta koʻrishga arziydi. Ulugʻbek Hamdamning “Badiiy tafakkur tadriji” kitobi soʻz haqidagi fikrlarimni parchalab tashlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar