Daryo

Saida Mirziyoyeva UNFPA’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Nigina Abaszade bilan uchrashuv o‘tkazdi

Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan davlat dasturi, shuningdek, onalar va bolalar o‘limi mavzusi keng muhokama qilindi

1 daqiqa o‘qish8 768 ko‘rishlar0 izoh0

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva UNFPA’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Nigina Abaszade bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

Muloqot davomida asosiy eʼtibor taʼlim, sog‘liqni saqlash va inson kapitalini rivojlantirish masalalariga qaratildi. 

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan davlat dasturi, shuningdek, onalar va bolalar o‘limi mavzusi keng muhokama qilindi. 

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

UNFPA tomoni ushbu sohalarda mamlakatga ekspertlik ko‘magi va texnik yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar