Daryo

Qoraqalpog‘istonda uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Er-xotin va ularnikiga kelgan mehmon zaharlangan

1 daqiqa o‘qish35 255 ko‘rishlar0 izoh0

Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

18-oktyabr kuni soat 07:51 larda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish markazi Qoraqalpog‘iston filiali shifokori IIBga Nukus shahridagi xonadonlarning birida yashagan 25 yoshli A.Ya., uning 23 yoshli ayoli M.Ya. va ularnikiga voqeadan bir kun oldin mehmonga kelgan 27 yoshli erkak A.T. is gazidan zaharlanib, vafot etgani haqida xabar qilgan.

Voqea joyiga tergov-tezkor guruhi yuborilib, olib borilgan surishtiruv ishlari davomida uch kishi uyning isitish qozonxonasi mo‘risidan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etgani aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi respublika aholisi hamda tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlariga murojaat bilan chiqib, kunlar sovishi natijasida elektr, gaz yoki boshqa yoqilg‘ida ishlaydigan isitish moslamalaridan foydalanishda eʼtiborsizlik tufayli is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi va yong‘inlar sodir bo‘lishi mumkinligini bildirib, bunday holatlarning oldini olish maqsadida tavsiyalar bergandi. 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar