Daryo

Toshkentga 1,5 tonna sifatsiz go‘sht mahsulotlarini olib kelayotgan shaxsga chora ko‘rildi

Fuqaro Samarqand viloyatining turli hududlaridan chorva mollarining kalla, tuyoq va ichaklarini to‘plab, poytaxtga olib borib sotmoqchi bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish4 644 ko‘rishlar0 izoh0

Fuqaro Samarqand viloyatining turli hududlaridan chorva mollarining kalla, tuyoq va ichaklarini to‘plab, poytaxtga olib borib sotmoqchi bo‘lgan. Bu haqda “Postda” gazetasida ma’lum qilindi.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Aytilishicha, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro foyda olish uchun Samarqand viloyatining turli hududlaridan chorva mollarining kalla, tuyoq va ichaklarini to‘plagan.

Biroq uni sifat masalasi zarracha qiziqtirmadi, shu bois yiqqan 1,5 tonna mahsulotni veterinar tekshiruvidan o‘tkazmadi. Kamiga go‘shtni maxsus jihozlanmagan avtomashinaga ortdi. Yuk mashinasida poytaxtga yo‘lga otlandi.

Soat 23:30 larda Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidagi blokpostida avtomashina to‘xtatilib, go‘sht laboratoriyada tekshiruvdan o‘tkazildi. Tahlillar go‘shtning iste’molga yaroqsiz ekanini ko‘rsatdi hamda kalla, tuyoq va o‘pkalar yo‘q qilindi, deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarimaga tortilgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning o‘tgan davrida ko‘cha bozorlar, savdo shoxobchalari, kush xonalar va boshqa obektlarda 989 ta reyd o‘tkazilgan. Natijada 2 tonna 638 kilogramm go‘sht, 1 tonna 566 kilogramm sut, 475 kilogramm baliq, 598 kilogramm oziq-ovqat mahsulotlari, 631 kilogramm tuzlama va 3 ming 282 dona tuxum savdodan olingan.

Maxsus jihozlanmagan avtoulovlarda tashilayotgan 15 tonna 61 kilogramm go‘sht ushlab qolingan. Qonunbuzar 16 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy jarimalar belgilangan.

Oʻzbekistondanman. Milliy universitetning jurnalistika fakultetida toʻrt yil amallab yurganman. Jurnalist boʻlish uchun diplom shart emas. “Daryo”da 2019-yildan beri xabar yozishga harakat qilaman. Sharof Boshbekovning “Yuzsiz” filmi qayta koʻrishga arziydi. Ulugʻbek Hamdamning “Badiiy tafakkur tadriji” kitobi soʻz haqidagi fikrlarimni parchalab tashlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar