• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident o‘zbek tili bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tili bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Davlat rahbari tabrigida mamlakatda qonunga hurmat va itoat muhitini taʼminlash, jumladan, “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunni hayotga izchil tatbiq qilishda barcha yuksak madaniyat va o‘zaro bir-birini anglash tuyg‘usini namoyon etish lozimligi taʼkidlangan. 

    Bu borada barcha taʼlim muassasalarida o‘zbek tili va adabiyoti fanlarini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish orqali taʼlim sifatini oshirishga erishish muhim ahamiyatga ega, deyiladi tabrikda.

    Qadrli vatandoshlar!

    Sizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni, ona tilimizning barcha ixlosmandlarini bugungi ulug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

    Ma’lumki, milliy til har bir madaniy xalqning tarixi va o‘zligini, ruhiy-ma’naviy dunyosini o‘zida aks ettiradigan tengsiz boylikdir. Qadimiy tariximizning eng og‘ir va sinovli davrlarida ham bizni yagona xalq sifatida birlashtirib, azaliy qadriyatlarimizni asrlar osha bezavol saqlab kelayotgan ona tilimizni har qancha ardoqlasak, ulug‘lasak arziydi.

    Bugungi kunda yurtimizda davlat tilini rivojlantirish, uning nufuzi va mavqeini oshirish, xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishga qaratilgan katta ishlar amalga oshirilmoqda.

    Xususan, keyingi yillarda ko‘plab idoraviy hujjatlar davlat tiliga o‘tkazildi, 100 mingdan ortiq geografik obyektning nomi davlat reyestriga kiritildi, hududlardagi 150 mingdan ziyod tashqi yozuvlar davlat tili va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqlashtirildi.

    Yangi paydo bo‘layotgan zamonaviy tushunchalarga nom berish, so‘z va atamalarni rasmiy iste’molga kiritishni tizimli yo‘lga qo‘yish uchun Atamalar komissiyasining faoliyati tubdan takomillashtirildi, bu borada aniq ilmiy mezonlar ishlab chiqildi. 

    O‘tgan yildan e’tiboran me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish tizimi yaratilgani tegishli hujjatlarning davlat tili talablariga mos va uslubiy jihatdan puxta tayyorlanishiga xizmat qilmoqda.

    Rahbarlik lavozimlariga nomzodlarning o‘zbek tili bo‘yicha bilim darajasini aniqlash maqsadida milliy test tizimi joriy etilib, qisqa vaqt ichida 3 mingdan ziyod talabgorning qariyb 1 ming 500 nafariga davlat tilini bilish bo‘yicha sertifikatlar berildi.

    Davlat tili asoslarini chuqur va atroflicha o‘rganishni ta’minlash uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 58 nomdagi qomus, lug‘at va qo‘llanmalar ko‘p ming nusxalarda chop etildi.

    Ayniqsa, keyingi yillarda o‘zbek tilini raqamlashtirish borasida jiddiy natijalarga erishilmoqda. O‘zbekcha matnlarni sun’iy intellekt yordamida qayta ishlash va o‘zbek tilida muloqot qilishga mo‘ljallangan “aqlli” dastur ishlab chiqilib, “O‘zbek tili izohli lug‘ati”ning veb-sayti yaratildi.

    Ayni paytda o‘zbek tilidagi matnlarni tahrir qilish, ularni lotin va kirill yozuviga o‘girish va so‘zlarning lug‘aviy ma’nosini ko‘rsatishga mo‘ljallangan elektron dasturlar ham amaliyotda faol qo‘llanmoqda.

    2025-yil 1-yanvardan boshlab umumta’lim maktablarida milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek tili o‘qituvchilariga maoshining 50 foizi miqdorida oylik ustama haq to‘lanishi ona tilimiz fidoyilarining sharafli mehnatini rag‘batlantirishga xizmat qilishi shubhasiz.

    Barchamizga ayonki, badiiy tarjima til taraqqiyotida ulkan ahamiyatga ega. Yaqinda mamlakatimizda badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etilgani ham, ishonamizki, o‘zbek tili va adabiyotini yanada boyitish va dunyoga keng targ‘ib etishda muhim omil bo‘ladi.

    Yoshlar ishlari agentligi tomonidan vatanparvar o‘g‘il-qizlarimizning salohiyati yordamida “Vikipediya” xalqaro internet ensiklopediyasidagi o‘zbekcha ma’lumotlar hajmi keskin ko‘payib, davlat tilida e’lon qilinayotgan maqolalar hajmi bo‘yicha O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida yetakchi mamlakatga aylangani e’tiborlidir.

    O‘tgan davrda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida turli tashkilot va idoralarda mehnat qilayotgan 33 mingdan ortiq xodim o‘qitildi. Shuningdek, o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan vatandoshlarimiz uchun ushbu markaz va uning hududiy bo‘limlarida bepul o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yildi.

    Shu o‘rinda bag‘rikeng diyorimizda ahil-inoq yashab kelayotgan 130 dan ziyod millat va elat vakillarining tili, an’ana va qadriyatlarini asrab-avaylash bo‘yicha ham muhim ishlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidlamoqchiman. Jumladan, respublikamiz maktablarida ta’lim-tarbiya jarayoni 7 ta tilda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 160 ga yaqin milliy madaniy markaz hamda qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman tillaridagi ommaviy axborot vositalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

    Markaziy teleradiokanallar orqali o‘zbek tilini o‘rganishga bag‘ishlangan ko‘rsatuv va eshittirishlarning muntazam berib borilayotgani yurtimizda yashayotgan boshqa millat vakillarining davlat tilini o‘zlashtirishiga katta hissa qo‘shmoqda.

    Aziz do‘stlar!

    O‘zbek tilining beqiyos imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, uning jahon miqyosida nufuzi va jozibadorligini oshirish uchun hali oldimizda ko‘plab vazifalar turibdi.

    Avvalo, yuksak taraqqiy etgan demokratik davlatlarda bo‘lgani kabi davlat tili butun jamiyatni, tili va millatidan qat’i nazar, barcha fuqarolarni yagona xalq sifatida birlashtirishga xizmat qilishi zarur. Bu borada har qanday xalq uchun o‘ta hassos va ta’sirchan bo‘lgan til masalasida ortiqcha ehtiros va hissiyotlarga berilmasdan, uzoqni o‘ylab, vazminlik bilan ish tutish kerakligini hammamiz yaxshi anglaymiz.

    Zero, davlat tili faqatgina soha mutaxassislarining emas, balki ko‘pmillatli butun xalqimizning birgalikdagi sa’y-harakatlari, aql-zakovati, ma’naviy-ma’rifiy salohiyati, vatanparvarlik fazilatlari bilan ravnaq topadi.

    Mamlakatimizda qonunga hurmat va itoat muhitini ta’minlash, jumladan, “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunni hayotimizga izchil tatbiq qilishda barchamiz yuksak madaniyat va o‘zaro bir-birini anglash tuyg‘usini namoyon etishimiz lozim. 

    Bu borada barcha ta’lim muassasalarida o‘zbek tili va adabiyoti fanlarini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish orqali ta’lim sifatini oshirishga erishish muhim ahamiyatga ega.

    Teleradiokanallar va internet saytlarida davlat tilini o‘rganishga yordam beradigan dasturlarning soni va efir vaqtlarini ko‘paytirish, mustaqil til o‘rganuvchilar uchun qo‘shimcha adabiyotlar, lug‘at va qo‘llanmalar nashr etish doimiy e’tiborimiz markazida bo‘ladi.

    Raqamli makonda davlat tilini keng joriy etishga mo‘ljallangan ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish, o‘zbek tilini axborot texnologiyalari sohasidagi yirik dasturlar tili qatoriga kiritish choralarini ko‘rish ham dolzarb vazifamiz bo‘lib qoladi.

    Muhtaram yurtdoshlar!

    Sizlarni bugungi qutlug‘ bayram bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga mustahkam sog‘liq, ishlaringizda yangi yutuqlar, xonadonlaringizga tinchlik va farovonlik tilayman.

    O‘zbek tilimizning boyligi, kuch-qudrati yanada ziyoda bo‘lsin!

    21.10.2024, 16:45   Izoh (0)   2929
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Prezident#Shavkat Mirziyoyev#oʻzbek tili

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston—Qirg‘iziston hamkorligini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aytdi

    27.01.2023, 14:12

    “Daryo” dayjesti: 15-oktyabrning eng muhim xabarlari

    15.10.2024, 22:41

    “Andijon bilan Qo‘ng‘irotni, Termiz bilan Toshkentni bog‘laydigan jami 4 ming kilometrlik xalqaro yo‘llarimiz eng yuqori talablarga javob berishi shart” – preziden...

    16.10.2024, 20:04

    “Daryo” dayjesti: 16-oktyabrning eng muhim xabarlari 

    16.10.2024, 22:40

    O‘zbekistonda ayrim IT Park rezidentlari uchun soliq va bojxona imtiyozlari uzaytiriladi

    17.10.2024, 12:30

    O‘zbekistonda sun’iy intellekt texnologiyalari rivojlantiriladi

    17.10.2024, 15:06

    Prezident huzuridagi yig‘ilishda 2025-yilgi davlat byudjeti loyihasining asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi

    17.10.2024, 18:04

    Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Tashqi razvedka xizmati rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Nimalar muhokama qilindi? 

    17.10.2024, 19:26

    “Daryo” dayjesti: 17-oktyabrning eng muhim xabarlari 

    17.10.2024, 22:39

    Saida Mirziyoyeva sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish loyihasi bilan tanishdi 

    17.10.2024, 22:07

    “Movarounnahr sivilizatsiyasi bo‘lmaganda edi, bizning taraqqiyotimiz ham bo‘lmasdi” — Mehmet Go‘rmez 

    17.10.2024, 23:21

    Shavkat Mirziyoyev Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi markazi jamoasini tabrikladi

    18.10.2024, 12:54

    Shavkat Mirziyoyev Imom Termiziyga bag‘ishlangan xalqaro anjuman ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi

    18.10.2024, 14:24

    KXDR urushda qo‘llab-quvvatlash uchun Rossiyaga 12 ming askar yuboradi

    18.10.2024, 18:29

    Hokimlar bir vaqtning o‘zida vakillik hokimiyatiga boshchilik qilmasligi belgilandi

    18.10.2024, 18:20

    18-oktyabrning eng muhim xabarlari: Surxondaryoda gaz quvuriga urilgan avtomashina, qurilishi to‘xtatilgan Samarqanddagi talabalar yotoqxonasi, Qashqadaryoda sud r...

    18.10.2024, 22:40

    Bayden G‘arbda Ukraina uchun uzoq masofali qurollar bo‘yicha yakdil fikr yo‘qligini qayd etdi

    19.10.2024, 11:50

    Endi yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar jamoat transportidan bepul foydalanishi mumkin bo‘ladi

    19.10.2024, 14:35

    Jamshid Qo‘chqorov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” faxriy unvoni bilan mukofotlandi

    19.10.2024, 13:20

    O‘zbekistonda raqamli startaplar dasturi ishtirokchilarining ayrim xarajatlari qoplab beriladi

    20.10.2024, 11:51
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nechta oliy taʼlim tashkiloti faoliyat yuritayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:50

    Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:31

    “Daryo” dayjesti: 29-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 29 may, 23:25

    Saida Mirziyoyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:10

    Kongressmen Trampdan investorlar uchun tashkil etilgan kechki ovqat tafsilotlarini oshkor qilishni talab qildi

    Dunyo | 29 may, 22:53

    Massimiliano Allegri “Milan” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 29 may, 22:38

    Isroil G‘azodagi asirlarni ozod qilish bo‘yicha AQSHning yangi taklifini qabul qildi. HAMAS esa jim

    Dunyo | 29 may, 22:10

    Sirdaryoda sevgan yigitini o‘ldirmoqchi bo‘lgan qiz 6 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 29 may, 21:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.