Daryo

Toshkentda 15 yoshli bolani poyezd urib ketdi

U quloqchin taqib olgani sabab poyezd signalini eshitmagan

1 daqiqa o‘qish7 862 ko‘rishlar0 izoh0

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda temiryo‘lning belgilangan qismidan velosipedda kesib o‘tayotgan bolani poyezd urib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holatni “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati “Daryo”ga tasdiqladi.

Foto: Videodan kadr
Aytilishicha, 23-oktyabr kuni Toshkent mintaqasi temiryo‘lining Nurhayot—Salar bekatlari oralig‘ida poyezd 15 yoshli bolani urib ketgan. U Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatish markaziga yotqizilgan.

Unga bosh miya chayqalishi, aralash shikast, ko‘krak qafasi yopiq shikasti, o‘pka lat yeyishi, qorin yopiq jarohati tashxisi qo‘yilgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, temiryo‘lni velosipedda kesib o‘tayotgan bola quloqchin taqib olgan bo‘lgan va poyezd signalini eshitmagan.

Oʻzbekistondanman. Milliy universitetning jurnalistika fakultetida toʻrt yil amallab yurganman. Jurnalist boʻlish uchun diplom shart emas. “Daryo”da 2019-yildan beri xabar yozishga harakat qilaman. Sharof Boshbekovning “Yuzsiz” filmi qayta koʻrishga arziydi. Ulugʻbek Hamdamning “Badiiy tafakkur tadriji” kitobi soʻz haqidagi fikrlarimni parchalab tashlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar