Daryo

Senat o‘tgan besh yilda qancha qonunni rad etgani ma’lum qilindi

Oliy Majlis Senati 2020—2024-yillar davomida esa 59 ta yalpi majlisda 700 dan ortiq masalani ko‘rib chiqqan

1 daqiqa o‘qish6 040 ko‘rishlar0 izoh0

Oliy Majlis Senati 2020—2024-yillar davomida 59 ta yalpi majlisda 700 dan ortiq masalani ko‘rib chiqqan. Bu haqda Senat raisi Tanzila Norboyeva Senatning ellik to‘qqizinchi yalpi majlisida aytib o‘tdi.

Tanzila Norboyeva
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Tanzila Norboyevaning ma’lum qilishicha, o‘tgan davrda 440 ga yaqin qonun muhokamaga olib chiqilgan.

E’tiborli jihati shuki, 20 ta qonun ulardagi ayrim normalar inson huquqlarini ta’minlash hamda hududlar manfaatlarini o‘zida to‘liq ifoda etmaganligi, umuman olganda, ularni yanada takomillashtirish zarur bo‘lganligi sabab rad etilgan.

Mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi o‘rniga ta’sir qiluvchi 20 dan ortiq strategiya, 5 ta kodeks, 35 ta qonun, 4 ta konsepsiya va 60 dan ziyod normativ-huquqiy hujjat loyihalari ishlab chiqilib, qabul qilindi, dedi senat raisi.

Norboyeva xonim reytinglar masalasiga to‘xtalar ekan, O‘zbekiston Huquq ustuvorligi indeksida – 16, Korrupsiyani qabul qilish indeksida – 32, Elektron hukumatni rivojlantirish indeksida – 18, Iqtisodiy erkinlik indeksida – 31, Logistika samaradorligi hamda Global innovatsiya indekslarida – 11 pog‘onaga yuqorilagan.

Oʻzbekistondanman. Milliy universitetning jurnalistika fakultetida toʻrt yil amallab yurganman. Jurnalist boʻlish uchun diplom shart emas. “Daryo”da 2019-yildan beri xabar yozishga harakat qilaman. Sharof Boshbekovning “Yuzsiz” filmi qayta koʻrishga arziydi. Ulugʻbek Hamdamning “Badiiy tafakkur tadriji” kitobi soʻz haqidagi fikrlarimni parchalab tashlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar