Daryo

Ukrainadagi urushda xitoylik harbiylar asirga olindi (video)

Zelenskiy tashqi ishlar vaziriga “zudlik bilan Pekin bilan bog‘lanishni” topshirdi

1 daqiqa o‘qish10 636 ko‘rishlar0 izoh0

Ukraina armiyasi Donetsk viloyatida Rossiya tomonidan jang qilayotgan xitoylik ikki harbiyni asirga oldi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Xitoyning muvaqqat ishlar vakilini chaqirtirdi. Vazirlik asirga olinganlarning Ukrainaga qarshi urushga jalb qilinganini qoraladi. Pekin asirlar haqidagi ma’lumotlarga hozircha izoh bermagan.

Rossiya bo‘linmalarida Xitoy fuqarolari ikkitadan ancha ko‘p ekani haqida ma’lumotlar bor. Hozir barcha faktlarni aniqlayapmiz. Ukraina razvedkasi, xavfsizlik xizmati, Qurolli kuchlarning tegishli bo‘linmalari ishlamoqda, dedi Zelenskiy.

Ta’kidlanishicha, ukrainalik askarlar olti nafar xitoylik bilan jangga kirishgan. Ulardan ikki nafari asirga olingan. Zelenskiy asirlarning yonida hujjatlar va bank kartalari borligini ma’lum qildi. Xitoylik asirlar aks etgan videoda ulardan biri ona tilida so‘zlashayotgani, imo-ishoralar bilan urushdagi vaziyatni tushuntirayotganini ko‘rish mumkin.

Vladimir Zelenskiy tashqi ishlar vaziriga “zudlik bilan Pekin bilan bog‘lanish” va Xitoyning reaksiyasini olishni topshirdi. Rossiya rasmiylari ham Xitoy fuqarolari asirga olingani haqida hech narsa demagan.

Yanvar oyida Ukraina armiyasi Kursk viloyatida shimoliy koreyalik ikki askarni asirga olgandi. Prezident Vladimir Zelenskiy 12-yanvar kuni ular so‘roqqa tutilgani aks etgan videoni e’lon qilgan. So‘roq paytida KXDR askarlari qayerdaligini bilmasligi, ularga bu faqat o‘quv mashg‘uloti deb aytilganini ta’kidlagan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar