Daryo

Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar Jazoir — Avstriya uchrashuvida ishlaydi

Tajribali referi bunga qadar 2-turdan o‘rin olgan Shotlandiya — Marokash o‘yinini ham boshqargan edi.

1 daqiqa o‘qish4 633 ko‘rishlar0 izoh3

AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida davom etayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatining guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan Jazoir hamda Avstriya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Ma’lum qilinishicha, guruh bosqichining navbatdagi muhim bahslaridan biri bo‘lgan mazkur o‘yinni boshqarish tajribali FIFA referisi Ilgiz Tantashevga ishonib topshirilgan. Qanotlarda unga doimiy yordamchilari — Andrey Sapenko va Timur Gaynullin ko‘maklashadi.

Eslatib o‘tamiz, Jazoir va Avstriya milliy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 28-iyun kuni Toshkent vaqti bilan tonggi soat 07:00 da start oladi. 

Ma’lumot uchun, ushbu bahs Tantashev uchun mazkur musobaqadagi ikkinchi o‘yin hisoblanadi. Tajribali referi bunga qadar 2-turdan o‘rin olgan Shotlandiya — Marokash o‘yinida ham ishlagan edi. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar