Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) Jahon chempionatida ishlagan hakamlarning reytingini eʼlon qildi.
Unga koʻra oʻzbekistonlik hakam Ilgiz Tantashev 10-pogʻonadan joy oldi. U mundialda 2ta guruh uchrashuvi (Shotlandiya — Marokash va Jazoir — Avstriya) hamda 1ta pley-off oʻyinini (Paragvay — Fransiya) boshqardi. Tantashev bitta uchrashuvda o‘rtacha 2ta sariq kartochka ko‘rsatgan.
Reytingda final uchrashuvini boshqargan sloveniyalik hakam Slavko Vinchich peshqadamlik qilmoqda. Angliya va Argentina oʻrtasidagi yarim finalni boshqargan amerikalik hakam Ismoil Elfat 2-oʻrindan joy olgan.
3-oʻrin salvadorlik Ivan Bartonga nasib qilgan. Umumiy hisobda 2026-yilgi Jahon chempionati o‘yinlarida 52 nafar bosh hakam faoliyat olib bordi.
Jahon chempionatida ishlagan eng yaxshi 10 nafar hakamlar reytingi quyidagicha:
- 1.Slavko Vinchich (Sloveniya)
- 2. Ismoil Elfat (AQSH)
- 3.Ivan Barton (Salvador)
- 4. Kleman Tyurpen (Fransiya)
- 5. Maykl Oliver (Angliya)
- 6. Joao Pedro Pineyro (Portugal)
- 7. Fakundo Telyo (Argentina)
- 8. Xesus Valensuela (Venesuela)
- 9. Adham Muhammad (Iordaniya)
- 10. Ilgiz Tantashev (Oʻzbekiston)








